Ish vaqti: Du-Sha 9:00-18:00

Markaz haqida

   Markaz haqida

 

Tarmoq markazida Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun 16 ta quyidagi yoʼnalishlarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari olib boriladi:

1. Аrxitektura(turlari boʼyicha)
2. Bino va inshootlar qurilishi (turlari boʼyicha)
3. Shahar qurilishi va xoʼjaligi
4. Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari boʼyicha)
5. Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari boʼyicha)
6. Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish
7. Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi
8. Gidrotexnika qurilishi (turlari boʼyicha)
9. Аvtomobil yoʼllari va aerodromlar
10. Koʼchmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish
11. Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish
12. Qiymat injiniringi
13. Geodeziya, kartografiya va kadastr
14. Xizmatlar sohasi (Uy-joy va kommunal maishiy xizmatlar)
15. Dizayn (Landshaft va interer)
16. Kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xoʼjaligini tashkil etish

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3151-sonli Qaroriga asosan tinglovchilar uchun koʼchma mashgʼulotlarni yetakchi korxonalar bazalarida tashkil etish yuzasidan 15 dan ortiq yetakchi korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar imzolandi.
Markazga yil mobaynida 41 nafar professor-oʼqituvchilar tinglovchilarga dars berish jarayoniga jalb qilingan, shundan barchasi oʼrindoshlik asosida dars berdi. Ularning 8 nafari fan doktori va professorlar, 24 nafari fan nomzodi va dotsentlar, 9 nafari ilmiy darajaga ega boʼlmagan, sohaning yetakchi mutaxassilari. Ilmiy salohiyat 78 % ni tashkil qiladi.
Tarmoq markaziga jami 9 ta xona ajratilgan boʼlib, shundan: 2 ta oʼquv xonasi, 2 ta kompyuter xonasi va 5 ta maʼmuriy xona. Har bir oʼquv xonasi kompyuter, videoproektorlar 5 ta, elektron doskalar 2 ta hamda mebellar bilan jihozlangan. 2 ta kompyuter sinfida 24 ta, maʼmuriy xonalarda 9 ta kompyuterlar oʼrnatilgan. Barcha xonalardagi kompyuterlar yuqori tezlikdagi internet tarmogʼiga ulangan. Institutning kutubxonasidan foydalanish imkoniyati yaratilgan.